Yanni: “Milliy choponni kiyib, xuddi oʻzbekka aylanib qoldim.”

18:00 18 Fevral 2019 Jamiyat
2342 0

Noyob isteʼdodi, yuksak mahorati bilan dunyo musiqa olamida alohida ajralib turadigan gretsiyalik mashhur kompozitor, dirijyor, pianinochi Yanni (Yanni Xrisomallis) 25 yillik ijodiy faoliyati davomida Oʻzbekistonda ilk bor konsert dasturini taqdim etdi. Sozandaning mamlakatimizda ham minglab, millionlab muxlislari topiladi. Oʻtgan hafta poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” saroyida uyushtirilgan sanʼat kechasi ularga oʻziga xos tuhfa boʻldi.

Xoʻsh, Yanni mamlakatimizdan qanday taassurot oldi?

— Qarangki, yurtingizga shu vaqtgacha biror marta ham kelmagan ekanman, — deydi u. — Ushbu tashrifimdan juda xursandman. Oʻzbekiston menga taʼriflab berishganidan ham goʻzal mamlakat ekan.

Havo biroz salqin. Lekin odamlar ajoyib, ulardan iliqlik ufurib turibdi. Atrofda bolalar shoʻx-shodon oʻynab yuribdi. Oʻzbek xalqi mehmondoʻstligi bilan yuragimni zabt etdi. Juda koʻp mazali taomlardan tanovul qildim. Taʼriflashga til ojiz. Ayniqsa, Oʻzbekiston nonining taʼmi ogʻzimda qoldi. Bunday lazzatni avvallari sira his etmagan edim. Hayratdaman.

Bu zamin boy tarixga ega ekan. Turfa millat va elatlar asrlar davomida ahil-inoq boʻlib yashab kelmoqda. Bu yerga kelib, hatto shuni bildimki, Oʻzbekistonda oʻn ming yunon millatiga mansub kishilar istiqomat qilarkan.

Oʻzbek milliy liboslari, suvenirlari menga juda yoqdi. Milliy choponni kiyib, xuddi oʻzbekka aylanib qoldim. Men ushbu diyorda dunyo tarixidagi ilk Qurʼoni Karim nusxasini ham borib koʻrdim. Haqiqiy tarix. Juda taʼsirlandim.

Hammangizni yaxshi koʻraman. Rahmat!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер