Yangilangan xalqaro pasport reytingida Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

“Pasport Index” xalqaro pasport mustahkamligi reytingi eʼlon qilindi. U 96 davlat orasida tuzilgan boʻlib, Oʻzbekiston 68-oʻrinni band etgan.
Jahon pasportlari reytingi fuqarolarning turli davlatlarga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatlariga asoslanadi. Ushbu reyting natijalariga koʻra, eng kuchli pasport Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) fuqarolariga tegishli. Ular 133 ta davlatga vizasiz, yana 47 ta davlatga vizani kelganda olish orqali kirish imkoniga ega.
Suriya pasporti esa dunyodagi eng zaif pasport sifatida qayd etilgan. Ushbu davlat fuqarolari atigi 9 mamlakatga vizasiz kirishlari, yana 31 mamlakatda kelganda vizani olish imkoniga ega.
Oʻzbekiston fuqarolari 29 ta davlatga vizasiz borishlari, 46 ta davlatga borganda viza rasmiylashtirishi, uchta davlatga esa oldindan ruxsatnoma bilan tashrif buyurishlari mumkin. 120 ta davlatga tashrif buyurish uchun umumiy belgilangan tartibda kirish vizasi talab qilinadi.
Oʻzbekiston pasporti jahon reytingida ikki pogʻonaga koʻtarildi, umumiy koʻrsatkich esa 73 tadan 78 taga yetdi. Xususan, 2024-yilda BAA, Tailand, Oʻmon, Pokiston bilan vizasiz rejim joriy etildi, shuningdek, Xitoy bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring