Yangiyoʻldagi “gaz zapravka”da yuk avtobusi portlab ketdi

Foto: Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalarning birida “Isuzu” avtobusi portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 1-fevral kuni soat 08:40 da Yangiyoʻl tumani “Registon” MFY Navbahor koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalarning birida yuz bergan.
“Isuzu” rusumli avtotransport vositasiga gaz toʻldirish vaqtida mashinaga oʻrnatilgan ballonidagi maxsus metall moslama chiqib ketgan, natijada gaz yuqori bosim bilan havoga tarqalgan.
FVBga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
“Shu oʻrinda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalarida belgilangan qoidalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi”, deyiladi munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring