Yangiyoʻl tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha boshlangan ishlar doimiy tahlil qilinmoqda
Xabar berib borayotganimizdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida yangicha yondashuvlar va tizim asosida ish olib boryapti. Tuman tajribasi namuna sifatida barcha hududlarda joriy etiladi.
Jarayonning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Senat Raisi, ishchi guruh rahbari Tanzila Norboyeva tumanga tashrif buyurdi.
Bugun hududlarda tomorqadan unumli foydalangan holda ikki-uch martadan hosil olib, yaxshigina daromad koʻrayotgan oilalar soni ortib bormoqda. Yangiyoʻl tumanida ham tomorqa yer maydoniga ega, lekin uning imkoniyatlaridan foydalanmayotgan xonadonlar ham bor.
Ularga tomorqachilikning sir-asrorlarini oʻrgatish, har tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida Yangiyoʻl tumanida Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi taʼsischiligida “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” MCHJ tashkil etilgan.
Senat Raisi ushbu markazga tashrif buyurib, uning aholi ayniqsa, xotin- qizlarning bandligini taʼminlash imkoniyatlari bilan tanishdi. Markaz ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali aholiga tomorqa yer uchastkalaridan yiliga kamida 3-marta hosil olishga koʻmaklashib kelmoqda.
Shuningdek, bu yerda tomorqachilik yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari ham faoliyat olib bormoqda.
Senat Raisi xotin-qizlarning bandligini taʼminlashda markaz imkoniyatlaridan keng foydalanish boʻyicha tavsiya va takliflarini bildirdi.
Shundan soʻng tuman xotin-qizlar tadbirkorlik markazi imkoniyatlari bilan tanishildi. Bu yerda tikuvchilik, oshpazlik, IT savodxonligi kurslari tashkil etilgan. Markazda 2023-yilda 365 nafar xotin-qizlar oʻqitilib, ularning 248 nafari oʻzini oʻzi band qilgan. Senat raisi oʻquv kurslarini bitirgan ayollarni tikuv mashinasi va kerakli jihozlar bilan taʼminlash, hududdagi tadbirkorlarga biriktirish orqali bandiligini taʼminlash boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Shuningdek, bir binoda joylashgan Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi faoliyati bilan qiziqdi. Bu yerda oila qurish ostonasida turgan yoshlarga turmushda zarur boʻladigan bilim va tushunchalar berilmoqda. Psixolog-oʻqituvchilar hamda imom-xatiblar ishtirokida katta hayot ostonasida turgan yosh juftliklarga dars mashgʻulotlari oʻtilmoqda.
Shu yerning oʻzida oʻquv kursi davomida birlamchi zarur maʼlumotlarni egallagan bir guruh yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring