Yangiyerda “Farovonlik bogʻi” yaratildi
Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Yangiyer shahrida respublika ishchi guruhi tomonidan ogʻir toifadagi mahallalarni oʻrganish tadbirlari oʻtkazildi. Mazkur oʻrganishlar doirasida Binokor va Navroʻzobod mahallalaridagi namunali tomorqalar ham koʻzdan kechirildi. Aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan yangi takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, Binokor mahallasida yaratilgan “Farovonlik bogʻi” 22 ta kambagʻal oilaga 10-yil muddatga ijaraga berildi. Natijada mazkur oilalardagi 70 dan ziyod kishi doimiy ish va daromad manbai bilan taʼminlandi.
— Oilalar mazkur bogʻ qator oralaridagi yerlarda sabzavot va boshqa ekinlar ham yetishtiradi, — deydi Yangiyer shahar hokimining Binokor mahallasidagi yordamchisi Gʻulom Rayimnazarov. — Ular dastlabki yili bogʻ va ekinlar parvarishi uchun biror soʻm sarflamaydi. Koʻchatlar, agrotexnik tadbirlar xarajati qoplab beriladi. Umuman bogʻli boʻlgan oilalarning tez orada kambagʻallikdan chiqishlari uchun yana bir necha katta imkoniyatlar mavjud. Xususan ular bogʻ uchun ijara haqi toʻlamaydi.
Shuningdek, mazkur mahalladagi “Kasanachilik markazi”da mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Bandlikni taʼminlash imkoniyatlarini oshirish choralari muhokama qilindi. “Kambagʻal oila” roʻyxatidan chiqqan fuqarolarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring