Yangiyer shahrida Konstitutsiya tarixi va huquqiy madaniyatni targʻib etuvchi koʻcha ochildi
Yangiyer shahridagi Konstitutsiya xiyoboni bugungi kunda aholi uchun muhim maʼnaviy-maʼrifiy maskanga aylandi. Xiyobonda “Konstitutsiya koʻchasi”ning tashkil etilgani esa Asosiy qonunni chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish, aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yoʻlidagi ibratli tashabbus boʻldi.
Ushbu koʻchada joylashtirilgan “Konstitutsiya tarixi” burchagi Konstitutsiyamiz yaratilishi jarayoni, uning yillar davomida takomillashuvi va asosiy tamoyillarini yoritib berishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu yerda Konstitutsiyani oʻqitishga oid oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasi ham tashkil etilmoqda.
— “Konstitutsiya koʻchasi”da konstitutsiyaviy huquqlar, adliya va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatiga bagʻishlangan axborot burchaklari ham mavjud, — deydi Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi masʼul xodimi Dilnoz Umrzoqova. — Shu bilan birga, ushbu huquqiy-maʼrifiy maskanda viloyat adliya boshqarmasi, Yangiyer shahar hokimligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi hamkorligida yoshlar ishtirokida huquqiy viktorinalar va turli madaniy-tashkiliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring