Yangidan taʼmirlangan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri yana taʼmirga muhtojmi?

Foto: Faxriddin Bozorov,“Xalq so‘zi”
Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Isoq To‘rayevning aytishicha, viloyat musiqali drama teatri tomining bir qismi, yaʼni maqom ansambli binosi tomi yopilmay qolgan. Oldinda qish-qirovli kunlar turibdi. “Men bu chala joylarning kvadrat metrigacha bilaman, xat qilib Madaniyat vazirligiga jo‘natganman”,- deydi u Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
-Qurilish hali nihoyasiga yetkazilmagani to‘g‘ri,- deya davom etadi I. To‘rayev. - Teatr ish faoliyatini to‘liq boshlashi uchun mana shu taʼmirlash ishlari oxiriga yetkazilishi kerak. Sahna, yoritgich va ovoz kuchaytirgich moslamalari yaqin kunlarda keltiriladi, chunki ularni moslab yasashga vaqt ketadi. Mana shu tadbirlar yakuniga yetganidan so‘ng, vaʼda beramanki, xuddi Toshkent teatrlaridagidek tomoshabinlarni qiziqtiradigan spektakllar namoyish etiladi.
Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining yana qo‘shimcha qilishicha, atoqli adib Hamid G‘ulomning “Toshbolta oshiq” asari musiqali drama teatrida pandemiya sababli qo‘yilmay qolgan. Teatr ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilinadigan yangi asar - “Yonimizdagi farishtalar” deb nomlangan spektaklda esa koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarimiz hayoti ochib berilgan.
Anglashimizcha, teatr ijodiy jamoasi mehnati mahsuli bo‘lgan bu spektakllar tezroq sahnaga qo‘yilishi uchun esa taʼmirlash ishlari tezroq yakunlanmog‘i kerak.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri binosi katta mablag‘ evaziga taʼmirlanib, tantanali ochilish marosimi o‘tkazilgan va unda poytaxtdan taniqli teatr namoyandalari, sanʼatkorlar ishtirok etgan edi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring