Yangi zamonaviy kutubxonadan mashhur “Artek” oromgohiga
Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi“ da Namangan viloyati Rus milliy madaniy markazi tomonidan ”Jivaya klassika" xalqaro koʻrik tanlovining Respublika bosqichi tashkil etildi. Unda yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan 11 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar mashhur asarlardan parchalarni monolog tarzida ijro etib, oʻzlarining soʻzamollik mahoratlarini namoyish etdilar.
— Ushbu tanlovning respublika bosqichi har yili Toshkent shahrida oʻtkazilar edi. Bu yilgisini esa Namangan viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, tarmoq Kasaba uyushmasi Namangan shahar Kengashi hamda "Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi“ bilan hamkorlikda gullar shahrida oʻtkazmoqdamiz, — deydi Namangan viloyati rus milliy madaniy markazi direktorining oʻrinbosari, ”Jivaya klassika" xalqaro koʻrik-tanlovining Oʻzbekistondagi vakili Aziza Mirzanazarova. — Bu oʻz oʻrnida mehmonlarga kundan kunga obod boʻlib borayotgan shahrimiz manzaralari bilan yaqindan tanishish imkonini ham berdi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu tanlov 2017-yildan buyon muntazam oʻtkazilib kelinadi. Gʻolib boʻlgan uch nafar ishtirokchiga Rossiya Federatsiyasining Qrim shahrida joylashgan dunyoga mashhur “Artek” xalqaro bolalar oromgohiga yoʻllanma beriladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring