Yangi tashkil etilgan Kasbiy taʼlim agentligiga direktor tayinlandi
Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Yangi tashkil etilgan Kasbiy taʼlim agentligiga direktor tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Prezidentining tegishli qarori bilan Husanov Azimjon Nozimjonovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Azimjon Husanov bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Agentlik Prezidentning 23-oktyabr kuni qabul qilingan “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–190-son Farmoni bilan tashkil etildi.
Farmondan koʻzlangan asosiy maqsad etib, kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga oʻqitish, ilgʻor xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash belgilandi.
Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va oʻquv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.
Kengash tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari kiritiladi.
Shuningdek, quyidagi tizim va taʼlim tashkilotlar Kasbiy taʼlim agentligiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
• Professional taʼlimni rivojlantirish instituti — Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti sifatida;
• Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi — Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi sifatida;
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlim boshqarmalari sifatida;
• Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda texnikumlar.
Bundan tashqari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlari va ularning filiallari texnikumlar sifatida qayta tashkil etilib, Agentlik tizimiga oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring