“Yangi Sirdaryo” gazetasining adadi 1500 dan 18200 ga yetdi
Koʻp yillardan buyon kichik hajmda – A 3 formatda chop etib kelinayotgan “Yangi Sirdaryo” gazetasi Yangi yildan yana katta – A2 formatga qaytdi. Adadi esa juda yuqori darajada oʻsdi: yaʼni har yili 1500 ning nari-berisida boʻlib kelgan obunasi oʻn barobardan ziyodga, yaʼni 18200 taga yetdi. Natijada “Yangi Sirdaryo” gazetasi bu borada Qorqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gazetalari oʻrtasida birinchi oʻrinni egalladi. Qolaversa, 2026-yilning ilk sonidan boshlab “Yangi Sirdaryo” – “Novaya Sыrdarya” gazetalari toʻliq rangli nashr qilina boshlandi.
– “Yangi Sirdaryo” – “Novaya Sыrdarya” gazetalari Sirdaryo viloyati tashkil etilgan 1963-yildan buyon chop etib kelinmoqda, – deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Xolida Pardaboyeva. – Shu maʼnoda mazkur nashrlarni viloyatning 63-yillik hayotining solnomasi, kerak boʻlsa, kunnomasi deyish mumkin. Chunki viloyatning ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalariga oid neki yangilik, voqea borki, bari ularning sahifalariga muhrlanmoqda. Qolaversa, mazkur gazetalar tahririyatlari Sirdaryo viloyati va respublika OAVlari uchun oʻnlab isteʼdodli jurnalistlarni yetkazib bergan mahorat maktablari hamdir.
Aytish lozimki, koʻp yillar davomida obuna miqdorining pasayishi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy yetishmovchiliklar tufayli viloyat gazetalarining davriyligi qisqardi. Hatto bir muddat nashr qilinmay qolgan vaqtlar ham boʻldi. Yaxshiki, muassis -Sirdaryo viloyati hokimligining katta eʼtibori tufayli viloyatning otaxon nashri yana qaddini tiklab oldi. Bugungi kunda mazkur ommaviy axborot vositasi gazetalar bilan birga internet nashrlarga ham egaki, uning mazkur media tarmoqlari ham tez rivojlanib bormoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV
(«Xalq soʻzi»).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring