Yangi savdo va xizmat koʻrsatish majmuasi ishga tushdi

19:52 16 Oktyabr 2023 Jamiyat
491 0

Margʻilon shahrida “Ansor” zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish majmuasi oʻz faoliyatini boshladi.

Shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida qad rostlagan ushbu majmua qurilishi uchun tashabbuskor tadbirkor tomonidan 40 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

Tantanali ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda azaldan tadbirkorlar va hunarmandlar shahri boʻlgan Margʻilonda bunday majmuaning foydalanishga topshirilishi viloyat iqtisodiyoti drayveri — xizmat koʻrsatish va servis sohasini yanada rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishi taʼkidlandi.

— Loyiha doirasida belgilangan qurilish-bunyodkorlik ishlari qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilib, mahalliy yigit-qizlar uchun 350 ga yaqin doimiy ish oʻrni yaratildi, —  deydi tadbirkor Oʻtkir Ahmedov.

Shu tariqa toʻrt qavatli binoda zamonaviy supermarket va elektrotexnika buyumlari savdo doʻkonlari, ayollar goʻzallik saloni, brend liboslar hamda bolalar kiyim-kechaklari doʻkonlari, bolalar oʻyin maydonchalari hamda ovqatlanish shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?