Yangi Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. “Yoshlar oyligi” doirasida Samarqand shahrida “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida viloyat yoshlar festivali oʻtkazilmoqda. Bayramona tadbirlar hokimlik, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, oliy taʼlim muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan shahardagi Amir Temur haykali poyiga gul qoʻyish bilan boshlandi.

Soʻngra “Maʼrifat karvoni”, “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi, “Zakovat” intellektual oʻyini, yosh rassomlar koʻrgazmasi va boshqa madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlari bilan davom etdi.

Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida musiqiy dastur namoyish qilindi. Bogʻning har bir burchagida kuy-qoʻshiqlar yangrab, bayramona ruhni yanada boyitgan holda sanʼatga oshno yoshlar ijrosi barchaga quvonch va ilhom bagʻishladi. Universitet xiyobonida oliy taʼlim muassasalari oʻz koʻrgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. “Vatanparvar“ bogʻida harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

— Bugungi festivalda qatnashib, juda xursand boʻldim. Bu yerda harbiylarning chiqishlarini tomosha qilib, ularga havasim ortdi, — deydi Doston Abdinazarov. — Kelgusida men ham muddatli harbiy xizmatga borib, shu akalarim qatori harbiy libos kiyib, Vatanimga xizmat qilmoqchiman.

Festival doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Viloyat hokimi” fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Bugun kechqurun “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida gala konsert dasturi namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring