Yangi oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda oʻqitish “Akademik” va “Ishchi kasb” taʼlim komponentlarining uzviyligini taʼminlaydigan yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyiladi
Yangi oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda oʻqitish “Akademik” va “Ishchi kasb” taʼlim komponentlarining uzviyligini taʼminlaydigan yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
— kollej-texnikumning 1-2 kursidagi taʼlim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil boʻladi;
— texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni oʻzlashtirish boʻyicha toʻplangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim boʻladi.
Yaʼni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” toʻplagan oʻquvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida taʼlimni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kollej-texnikumda oʻqib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi boʻlganlarni sohadagi mavqeini oshirish boʻyicha ham yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yoʻnalishida oʻqiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring