1-sinfga qabul vaqti eʼlon qilindi

11:05 10 Iyun 2024 Ilm-fan
479 0

2024-2025-oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,

2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

"Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari koʻrsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)га kiritiladi.

"Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер