Yangi Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Karabayev Adham Jakbaraliyev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 29-dekabr kuni boʻlib oʻtayotgan xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻtarilgan.
Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qilib, tumanida keyingi yillarda olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, ishga solinmagan imkoniyatlar haqida toʻxtalgan. Hokim odamlarning bugunidan rozi boʻlib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalarni belgilab bergan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarur ekani taʼkidlangan.
Shundan soʻng, deputatlar Namangan viloyati hokimining Abdullayev Jobir Sharifovichni Yangi Namangan tumani hokimi vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqlagan.
Shuningdek, viloyat hokimining Karabayev Adham Jakbaraliyevichni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori bir ovozdan maʼqullangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring