ʻYangi nafasʻ yugurish marafonida nogironligi boʻlgan shaxslar ham ishtirok etdi
Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi boʻlgan shaxslar “Davlat bayrogʻi kuni”ga bagʻishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida qatnashdi.
Marafon bir vaqtni oʻzida respublikaning 16 ta shahrida oʻtkazildi.
Mazkur yugurish musobaqalariga Oʻzbekistonda Nogironlar, Karlar hamda Koʻzi ojizlar jamiyatlarining jami 1000 ga yaqin aʼzolari ishtirok etdi.
Marafon ishtirokchilari oʻrtacha 50-150 ming soʻmgacha badal toʻlab ishtirok etgan boʻlsa, imkoniyati cheklanganlar uchun esa bepul qilib berildi.
Maʼlumot uchun: nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Shunga koʻra, vazirlik Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar koʻplab yirik ijtimoiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring