Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi
Bugun, 6-sentyabr kuni Toshkent metropolitenida, oʻtgan haftada keltirilgan va taqdim etilgan yangi metro poyezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabar berdi.
Yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng koʻp yoʻlovchilar oqimiga ega boʻlgan Chilonzor yoʻnalishiga uchta harakat tarkib oʻz ishini boshladi. Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yoʻnalishda aholi xizmatida harakatlanadi. Yaqinda boʻlib oʻtgan brifingda mutasaddilarning taʼkidlaganlaridek, endi Chilonzor yoʻnalishida ertalabki tigʻiz vaqtda soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tigʻiz vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring