Yangi loyihalar – aholi farovonligi uchun
Surxondaryo viloyatida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu borada Angor tumanida ham qator muhim tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Jumladan, tumandagi “Yangiobod” mahallasida zamonaviy savdo nuqtalari barpo etilmoqda. Shuningdek, “Yuqori Xoʻjaqiya” mahallasida temirchilik maktabini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar mahalliy tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, yoshlarni hunar oʻrganishga jalb etish va yangi ish oʻrinlarini tashkil etishga xizmat qiladi.
— Yangi savdo nuqtalari ishga tushsa, ham aholiga qulay boʻladi, ham biz tadbirkorlar uchun imkoniyatlar kengayadi, — deydi “Yangiobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Farhod Ahmedov. — Eng muhimi, yoshlar ish bilan taʼminlanadi, oʻz mahallasida mehnat qilib, daromad topish imkoniga ega boʻladi.

Qishloq xoʻjaligi sohasida ham suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari eʼtibor markazida. Xususan, tumanda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda. Bu esa hosildorlikni oshirish, shu bilan birga, suv tanqisligi sharoitida dehqon va fermer xoʻjaliklari faoliyatini barqaror yuritish imkonini yaratmoqda.
Umuman olganda, Angor tumanida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar aholi turmush darajasini yaxshilash, yoshlar bandligini taʼminlash hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga kuchli turtki berishi bilan ahamiyatlidir.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring