Yangi korxona va bunyodkorlik loyihalari koʻzdan kechirildi

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida ish boshlagan plastik eshik va romlar korxonasini borib koʻrdi.
Bu loyiha uchun «Jana bazar» mahallasi hududidan 4 gektar yer ajratilib, 2 million dollarlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Zamonaviy asbob-uskunalar oʻrnatilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan. Korxona jami 270 ming kvadrat metr eshik va deraza romlari tayyorlash quvvatiga ega. Bu yerda 230 kishi ish bilan taʼminlandi. Ularning koʻpchiligi yoshlar.
Davlatimiz rahbari korxonaning ish jarayoni, mahsulotlarini koʻzdan kechirdi.
Nukus shahriga Toshkent shahar hokimligi biriktirilgan. Hududning drayveri — oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati, turizm. Shu asosda Nukus shahrini 2022-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Unga koʻra, umumiy qiymati 1 milliard 361 million soʻmlik 10 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida qoʻshimcha 3 mingta ish oʻrni yaratiladi.
Prezident «Jeke terek» mahallasidagi yangi turar-joy majmuasi qurilishi maydonida ham boʻldi. Bu yerda 5 ta 16 qavatli uy barpo etish moʻljallangan. Ularning bittasi hozir qurilmoqda.
Bu majmua yangi turdagi qurilish konstruksiyasi asosida tiklanadi. Tashqi devorlar uch qoplamali boʻlib, xonadonlarning qishda iliq, yozda salqin turishini taʼminlaydi. Uylar zamonaviy jihozlanib, tayyor holda topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring