O'zbekiston telekanallarida Yangi yil oqshomida qaysi dasturlar eng koʻp tomosha qilingani aniqlandi
Qaysi mahalliy telekanallar oʻzbekistonliklar orasida eng mashhurligi, xususan, Yangi yil oqshomida hamyurtlarimiz qaysi dasturlarni afzal koʻrishgani maʼlum boʻldi.
Kantar Media Uzbekistan kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, “Sevimli” telekanali reytingda peshqadamga aylandi. Ikkinchi oʻrin – “ZOʻR TV”, uchinchi oʻrin esa, “Milliy” telekanaliga nasib qildi. Toʻrtinchi oʻrinni “Mening Yurtim” telekanali egalladi.
Aniqlanishicha, ushbu telekanallarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi eng koʻp tomosha qilingan (Sevimli telekanalida tomoshabinlar — 29,9 %, “ZOʻR TV” telekanalida — 18,4 %, “Milliy” — 11,7 %, “Mening Yurtim” — 5,7 % ).
Reytingning qolgan foizlari boshqa davlat va nodavlat telekanallar oʻrtasida taqsimlandi.
Albatta, bayram oqshomida tomoshabinlar yorqin, rang-barang va musiqiy koʻrsatuvlarni kutishgan. Yangi yil dasturlari tomoshabinlarda alohida qiziqish uygʻotdi. Yangi yil arafasida “Sevimli”da namoyish etilgan “Sevimli Yangi yil shousi” (tomoshabinlar — 25,1 %) birinchilikni egalladi. “ZOʻR TV” da namoyish etilgan “Yangi yil bekati“ televizion reytingda ikkinchi oʻringa (19,3 %) koʻtarildi, “Sevimli” telekanalidagi “Mening qaynonam general: Yangi yil pazandalik shousi” (14,6 %) uchinchi oʻrinni egalladi.
“Milliy” telekanalning “Xos mos” (7,7 %) va “Yangi yil Ozoda Nursaidova bilan” (6,5 %) dasturlari ham tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.
“Mening Yurtim” telekanali tomoshabinlari “Dam shou” (9,5 %) ni maʼqul koʻrishdi.
Umuman olganda, Yangi yil arafasida tomoshabinlar orasida eng koʻp koʻrilgan 5 ta koʻrsatuv quyidagilardan iborat:
1. “Fayzli Yangi yil shousi” (“Sevimli”);
2. “Yangi yil bekati” (“ZOʻR TV”);
3. “Mening qaynonam general: Yangi yil pazandalik shousi” (“Sevimli”);
4. “Zoʻr Yangi yil” (“ZOʻR TV”);
5. “Dam shou” (“Mening Yurtim”).
Reytingni tuzish uchun 2019-yil 31-dekabr soat 20:00 dan 2020-yil 00:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻi tanlandi.
Eslatib oʻtamiz, Kantar Group kompaniyasiga 1992-yilda Buyuk Britaniyada asos solingan boʻlib, ayni paytda 100 dan ortiq mamlakatlarda telekanallar va dasturlar reytingi bilan shugʻullanib keladi. Kompaniyaning hududiy tarmogʻi – Kantar Media Uzbekistan mamlakatimizda 2017-yil oktyabr oyidan oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring