Yangi yil kuni restoran va kafelar bayram tadbirlarini oʻtkazish mumkin. Faqat...

20:12 13 Dekabr 2020 Jamiyat
2635 0

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining bayonoti eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

vazirlik, idoralar, davlat ulushi boʻlgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi;

yuqoridagi cheklov restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish obyektlarida 30 kishidan oshmagan hamda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda bayram tadbirlarini oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi;

restoran, kafe, choyxona va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida karantin cheklovlariga (mijozlarni joylashtirishda ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobdan foydalanish, 30 kishidan oshmagan holda toʻy va oilaviy marosimlarni oʻtkazish, shuningdek, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish) qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha masʼul idoralarga tegishli topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер