Yangi imorat foydalanishga topshirildi

10:46 17 Oktyabr 2019 Madaniyat
1171 0

Nukusda zamonaviy kino-konsert zali foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, bu boradagi moddiy-texnik bazani mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga yuksak eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. 

Aytish joizki, besh yuz sakson besh oʻrinlik kino-konsert zaliga ega ushbu bino “Investstroy Nukus” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 11 milliard soʻmlik loyiha asosida qayta taʼmirlandi.

-Oltmish yillik shonli tarixga ega jamoamiz milliy madaniyatimiz hamda sanʼatimizni dunyo xalqlariga tanishtirib kelmoqda,-deydi “Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli rahbari Ayapbergan Allaniyazov.- Jamoamiz ixtiyoriga ushbu zamonaviy binoning berilgani barcha sanʼatsevarlarni quvontirdi. Bu bizni yanada ilhom bilan izlanishga ruhlantirmoqda.

Hidoyat AHMEDOV
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер