Yangi ilm maskanlari taʼlim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
Toyloq tumanining “Oʻzbekiston” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 34 — maktabning 900 oʻrinli asosiy binosi 2009-yili qurilgan boʻlib, 2024-yili toʻliq rekonstruksiya qilingan. Bugungi kunda maktabda 1164 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda, bu esa 2,1 yuklama koeffitsiyentini tashkil etayotgan edi.
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida qoʻshimcha 360 oʻrinli yangi bino qurildi. Mazkur loyiha uchun 2 milliard 524 million soʻm mablagʻ ajratilib, qurilish ishlari amalga oshirildi va bino foydalanishga topshirildi.

Yangi qoʻshimcha bino ishga tushirilishi natijasida maktabda 11 ta zamonaviy oʻquv xonasi tashkil etildi va oʻquvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Eng muhimi, maktabdagi yuklama koeffitsiyenti 2,1 dan 1,3 ga tushirilib, taʼlim jarayonining samaradorligi sezilarli darajada oshirildi.

- Maktabmizda jami 73 nafar pedagog faoliyat yuritadi. Ularning 28 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega, — deydi maktab direktori F.Ahrorov. — Taʼlim sifatiga berilayotgan eʼtibor natijasida soʻnggi yillarda bitiruvchilarimiz ham yaxshi natijalarga erishyapti. Jumladan, 2024-2025-oʻquv yilida bitiruvchilarning qariyb 50 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi. 2025-2026-oʻquv yilida esa 80 nafar bitiruvchi maktabni tamomlashi kutilmoqda, ularning 18 nafari allaqachon milliy va xorijiy sertifikatlarga ega. Kelgusida taʼlim samaradorligini yanada oshirishga harakat qilamiz.

Yangi yil ayyomi arafasida Bulungʻur tumanining “Yangi Oʻzbekiston” massividagi “Olmazor” mahallasida ham loyiha qiymati 12,5 milliard soʻm boʻlgan zamonaviy umumtaʼlim maktabi va sport zali foydalanishga topshirildi. Ushbu taʼlim muassasasi 330 oʻrinli boʻlib, unda oʻquvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Yangi taʼlim muassasasining ish boshlashi bilan 40 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Mazkur yangi obyektlarning tantanali ochilish marosimida jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar yangi binolar maktab jamoasi va oʻquvchilar uchun bayramga katta sovgʻa boʻlib, hududlarda taʼlim sohasini rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring