“Yangi Iftixor” kun sayin obod boʻlmoqda

16:22 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
123 0

Foto: Shodiyor Mutaharov / Xalq so'zi

Avval xabar berilganidek, OʻzLiDePdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi doirasida Chirchiq shahridagi “Iftixor” mahallasida boʻlib, joriy yil 18-martidagi tashrifi jarayonida sektorlar rahbarlariga berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi bilan tanishgan edi.

Chindan ham oʻtgan qisqa vaqt ichida bu hudud tanib boʻlmas darajada oʻzgardi. Bu yerda istiqomat qilayotgan aholi deyarli yangidan bunyod etilgan mahallani Yangi Oʻzbekistonga monand — “Yangi Iftixor” nomi bilan atashni taklif etgani ham bejiz emas. Bugun ana shu goʻzal maskandagi 5-sonli “Binafsha” davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti koʻzni quvontiruvchi yangi binoda jajji bolajonlarga oʻz eshiklarini ochdi.

— Shu paytga qadar bogʻchaga yolchimay keldim, taʼmirtalab, xaroba bir ahvolda edi, — deydi mazkur mahallada yashovchi mehnat faxriysi Rahmatulla Nurboyev. — Byudjet mablagʻi hisobiga butunlay qayta taʼmirlangan maskanga kirib, oʻzimiz ham tanimadik. Nabiralarimiz har tomonlama sogʻlom kamol topishi uchun hamma sharoit muhayyo. Bundayn faxrlanmay boʻladimi?! Bolajonlarimiz quvonchi – bizning baxtimiz axir.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?