Yangi arxitektura yodgorligi aniqlandi

14:01 13 Dekabr 2019 Madaniyat
1867 0

Baʼzan qarshimizda turgan inshootni tomosha qilamizu, uning tarixi bilan qiziqmaymiz. Izboskan tumanidagi “Choʻrtanliq” MFY Xayriobod koʻchasida joylashgan qabriston yonidagi eski masjid binosi bunga misoldir. U odamlar eʼtiboridan shu qadar chetda qoldiki, natijada eʼtibortalab holatga kelib qoldi.

- Viloyat Madaniy meros boshqarmasi qoshidagi “Andijon restavratsiya maktabi” tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida ushbu masjid XVIII-XIX asrlarga oid ekanligi maʼlum boʻldi,-deydi boshqarma boʻlim boshligʻi Alimardon Asqarov. -Binoga oid qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan Andijon davlat universitetining tarix kafedrasi oʻqituvchilari izlanish olib bormoqdalar.

Aytish joiz, shu yilning soʻnggi ikki oyining oʻzida viloyatda 20 ta yangi moddiy madaniy meros obyektlari aniqlandi va ularning soni 422 taga yetdi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер