“Yandex Go” narxlarni pasaytiradi
Raqobat qoʻmitasi “Yandex Go” taksi xizmatini narxlarni pasaytirish boʻyicha ogohlantirdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Xizmat platformasida taksida yoʻlovchi tashish xizmatlari narxlari oshishi kuzatilayotgani yuzasidan isteʼmolchilardan murojaatlar kelib tushmoqda. Bu boʻyicha dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda narxlar dinamikasida keskin oʻzgarish kuzatilganligi aniqlandi.
2023-yilning dekabrida qoʻmita “YandexGo UB”ni taksi agregatori bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etgandi. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun bilan bunday xoʻjalik yurituvchining ustun mavqeini suiisteʼmol qilishi, xususan, monopol yuqori narx belgilash taqiqlanadi.
Shundan kelib chiqib, qoʻmita platforma operatorini yoʻlovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish yuzasidan chora koʻrish boʻyicha ogohlantirdi. Kompaniya, shuningdek, platforma narx algoritmini qayta koʻrib chiqishi kerak.
Olti kun ichida kompaniya xizmatida 800 mingdan ortiq chek chiqarildi. Ular boʻyicha toʻlovlarning umumiy miqdori 13,5 mlrd soʻmni tashkil etdi. Oʻsha vaqtda koʻrsatilgan xizmatlari yuzasidan korxonalar ichida eng katta bozor ulushi — 86,3%i kompaniyaga toʻgʻri kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring