Yana bir mamlakatga ayol prezident saylandi
Meksikada boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida 61 yoshli Klaudiya Sheynbaum gʻolib boʻldi. Sheynbaum saylovchilarning 56 foiz ovozini qoʻlga kiritgan boʻlsa, uning asosiy raqibi tadbirkor ayol Xochitl Galves 30 foiz ovoz toʻplagan.
Amaldagi prezident Lopes Obrador ikkinchi marta saylanish huquqiga ega boʻlmaganligi sababli partiyadoshini qoʻllab-quvvatlagan. Sheynbaum ham uni ustoz deb biladi va uning islohotlarini davom ettirishga vaʼda bergan.
Prezidentlikka daʼvogarlik qilishdan oldin Sheynbaum Mexiko shahri meri boʻlgan. Ushbu lavozim prezidentlikka eltuvchi eng muhim yoʻl sifatida koʻriladi.
Onasi yahudiy boʻlgan yangi prezidentning bobosi fashistlardan qochib, Bolgariyadan Meksikaga kelib qolgan. Sheynbaumning otasi va buvisi Litvadan koʻchib kelgani maʼlum.
Klaudiya Sheynbaum energetika boʻyicha doktorlik darajasini ega boʻlib, Meksikaning energiya isteʼmoli modellarini oʻrgangan. Shuningdek, u iqlim oʻzgarishi boʻyicha mutaxassis hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring