Yana bir yirik korxonaning davlat ulushi xususiylashtirildi
“Foton” AJ ustav kapitalidagi 85,58 foiz davlat ulushi 151 mlrd soʻmga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Xaridor –“Havvo Group” MCHJ. Ushbu jarayonga “Abrau Capital” kompaniyasi konsultant sifatida jalb etilgan.
«Gʻolib tomonidan kelajakda korxonaning ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mahsulotlar turini va realizatsiyasi geografiyasini yanada kengaytirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, shuningdek korxona faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish va barqaror rivojlantirishni taʼminlash rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, xaridorning taklifi konsultant tomonidan hisoblangan korxonaning indikativ narxlar oraligʻining yuqori qismida joylashgan hamda korxonaning baholangan qiymatidan yuqori», deyiladi Davaktiv xabarida.
Maʼlumot oʻrnida, 2023-yilda “Foton” AJ tomonidan 14,5 ming dona mahsulotlar ishlab chiqarilgan boʻlib, sof tushumi 36,4 mlrd soʻmni, sof foydasi 1,4 mlrd soʻmni, sof aktivlari 20,1 mlrd soʻmni va majburiyatlari 1,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring