Yana bir davlat Falastinni tan oldi
Rahimova Nodira / OʻzJOKU talabasi. Sloveniya ham Norvegiya, Irlandiya va Ispaniyadan keyin Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi.
“Bugun Falastinning suveren va mustaqil davlat sifatida tan olinishi Gʻarbiy Sohil va Gʻazodagi Falastin xalqiga umid bagʻishlaydi”, dedi mamlakat Bosh vaziri Robert Golob.
Muxolifatdagi Sloveniya Demokratik Partiyasi (SDS) Falastinni tan olish boʻyicha referendum oʻtkazishni taklif etgan boʻlsada bu inobatga olinmadi. Chunki vaziyat ovoz berish jarayonini bir oyga kechiktirishi mumkin edi.
Shuningdek, partiya bunday siyosiy qaror HAMAS terrorchi guruhini qoʻllab-quvvatlash ekanini qoʻshimcha qilgan. Yevropa Ittifoqining 27 aʼzosidan Shvetsiya, Kipr, Vengriya, Chexiya, Polsha, Slovakiya, Ruminiya va Bolgariya allaqachon Falastin davlatini tan olgan. Malta ham yaqin orada Falastinni tan olishi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring