Yamalning otasi nimadan norozi?

20:55 23 Sentyabr 2025 Sport
121 0

“Barselona”ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal “Oltin toʻp” uchun boʻlgan kurashda ikkinchi oʻrinni egalladi. Sovrinni esa Usmon Dembele qoʻlga kiritdi. Yamalning otasi Munir Nasraui oʻgʻli futbol olamida allaqachon eng zoʻr ekanini taʼkidlab, oʻgʻlining sovringa koʻproq loyiq boʻlganiga ishora qildi.

Nasraui “Marca” nashriga bergan intervyusida: “Menimcha, Yamal bugungi kunda dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Buni otasi boʻlganim uchun emas, balki u haqiqatan ham boshqa futbolchilardan ancha oldinda ketgani uchun aytyapman. Hozir Laminning raqobatchilari yoʻq. Bu oʻz-oʻzidan eng katta yutuq. Oʻgʻrilik haqida gapirmoqchi emasman, ammo unga yetkazilgan maʼnaviy zarar haqida oʻylash kerak”, — dedi.

Ovoz berish yakunlariga koʻra “Oltin toʻp” Dembelega nasib etgan boʻlsada, Yamal ham sovrinsiz qolmadi. U “France Football” tomonidan yilning “eng yaxshi yosh futbolchisi”ga topshiriladigan Kopa trofeyini qoʻlga kiritdi.

2024/25-yilgi mavsum Lamin Yamal uchun ajoyib oʻtdi. U “Barselona” safida 55 oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatma berdi. Uning hissasi bilan kataloniyaliklar Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritibgina qolmay, mamlakat kubogi va Superkubogida ham zafar quchdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер