Yadro xavfsizligi deklaratsiyasi, “SHHT–Afgʻoniston” muloqot guruhi, “Tibbiyot turizmi alyansi”. Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida nimalarni taklif qildi?
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida doimiy faoliyat yuritadigan organ — SHHTga aʼzo davlatlarning xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha Universal markazi tashkil etiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bugun, 1-sentyabr kuni Tyanszin shahridagi SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilotning siyosiy asoslarini mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan:
• SHHT institutlari samaradorligini oshirish va uni Global Janub davlatlari hisobiga kengaytirish;
• Yadro xavfsizligi boʻyicha deklaratsiya qabul qilish, Ichki ishlar vazirlari kengashi faoliyatini qayta tiklash, 2030-yilgacha giyohvandlikka qarshi kurash dasturini tayyorlash, “SHHT–Afgʻoniston” muloqot guruhi faoliyatini faollashtirish;
• Savdoni soddalashtirish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi bitimni imzolash, Strategik materiallar boʻyicha mintaqaviy markaz, Energetika konsorsiumi, Venchur kompaniyalar va jamgʻarmalar tarmogʻi hamda Maxsus elektron investitsiya portalini tashkil etish;
• Shimol–Janub va Sharq–Gʻarb yoʻnalishlarida transport-tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish, “SHHT yagona transport makoni”ni shakllantirish va uni “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi bilan uygʻunlashtirish;
• Iqlim oʻzgarishiga moslashish, dekarbonizatsiya va ekologik xavf-xatarlarni bashorat qilish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan SHHT mintaqaviy platformasini ishga tushirish;
• Xalq ijodiyoti xalqaro festivalini oʻtkazish, “SHHT universiteti” onlayn kampusini tashkil etish, talabalar va yosh mutaxassislar oʻrtasida tanlov hamda olimpiadalar oʻtkazish, shuningdek, “Sayyohlik yoʻlagi” va “Tibbiyot turizmi alyansi” loyihalarini amalga oshirish.
Sammitning muhim yakunlaridan biri sifatida SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi asosida Toshkent shahrida doimiy faoliyat yuritadigan organ — SHHTga aʼzo davlatlarning xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha Universal markazini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Uning huzurida SHHT Axborot xavfsizligi markazi ham tuziladi. Ushbu qaror xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring