Xitoyda kuchli zilzila yuz berdi
Xitoyning markaziy qismida sodir boʻlgan zilzila oqibatida kamida 111 kishi halok boʻldi. Bunday maʼlumotlar 19-dekabr kuni “Sinxua” agentligi va mamlakat markaziy televideniyesi tomonidan maʼlum qilindi. Xususan, Gansu provinsiyasida qurbonlar soni 100 kishiga yetdi, yana 11 kishi Sinxay provinsiyasida halok boʻldi.
Bundan tashqari, kamida 220 kishi jabrlangan - Gansuda 96 va Sinxayda 124 kishi, deya xabar beradi OAV. Ofat zonasida suv taʼminoti uzilgan, elektr uzatish liniyalari, shuningdek, transport infratuzilmasi shikastlangan. Rasmiylar zarar koʻrgan hududlarga chodirlar va yigʻma karavotlar va yuborishni buyurgan. Xitoy rahbari Si Jinpin qurbonlar sonini kamaytirish uchun keng koʻlamli qidiruv amaliyotini oʻtkazishga chaqirdi.
Zilzila epitsentri Gansu provinsiyasida, Sinxay bilan maʼmuriy chegaradan 5 kilometr uzoqlikda boʻlgan, deya taʼkidladi “Sinxua”. Xitoy maʼlumotlariga koʻra, zilzila magnitudasi 6,2 ballni tashkil qilgan. AQSH Geologiya xizmati bu koʻrsatkichni 5,9 deb baholamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring