WSJ: Tramp Netanyahudan norozi, ammo Isroilni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechmaydi
The Wall Street Journal nashri yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahudan norozi bo‘lgan, ammo hozircha uni qo‘llab-quvvatlashdan ochiqchasiga voz kechishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi haftalarda Tramp bir nechta yordamchilariga Netanyahuning harakatlaridan charchaganini aytgan. Prezidentning fikricha, Isroil rahbari HAMASni taslim qilish uchun harbiy kuchdan foydalanishni afzal ko‘rmoqda, Tramp esa muammoni muzokaralar yo‘li bilan hal etilishini istagan.
Nashr ta’kidlashicha, Trampning Netanyahudan noroziligi o‘tgan hafta yanada kuchaygan. Bu Isroil Qatar poytaxti Dohada muzokara uchun bo‘lib turgan HAMAS vakillari delegatsiyasiga zarba berganidan bir necha soat o‘tib yuz bergan. Shu paytda AQSH prezidenti yordamchilariga Netanyahu uni “bundoq qilib yuborganini” aytgan.
Shunga qaramay, manbalar fikricha, Trampning Isroilni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish ehtimoli juda past.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring