Vositachilar Isroil va HAMASni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqda

Al Jazeera
Qatar, Misr hamda Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Chunki Isroilning davom etayotgan bombardimonlari 40 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin boʻldi.
Payshanba kuni eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda uch davlat Isroil va HAMASni Doha yoki Qohirada shoshilinch muhokamani qayta boshlashga va kechiktirmasdan bitimni amalga oshirishga chaqirdi.
“Otashkesim kelishuvini tuzish, garovga olinganlar va mahbuslarni ozod qilish vaqti keldi. Biz kelishuvga erishish uchun bir necha oy ishladik va u hozir stolda, faqat amalga oshirish uchun tafsilotlar yetarli emas”, degan vositachilar.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi chaqiruvga tezda javob berib, Isroil kelasi hafta tafsilotlarni yakunlash va kelishuvini amalga oshirish uchun muzokaralarda qatnashish uchun delegatsiya yuborishini aytdi. Falastin tomoni hozircha javob bermagan.
“Al Jazeyera”ning siyosiy tahlilchisi Marvan Bisharning aytishicha, payshanba kuni eʼlon qilingan bayonat vositachilarning sabr-kosasi toʻlayotganini koʻrsatadi. “AQSH kengroq mintaqaviy urush xavfi tufayli koʻproq bosim oʻtkazishga majbur qilinmoqda”, deb tushuntirdi Bishar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring