Voleybol sporti yanada rivojlantiriladi. Mamlakat boʻylab bir qator anʼanaviy musobaqalar yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Maʼlum qilinishicha, qarorga koʻra, 2025-yildan har yili anʼanaviy tarzda voleybol boʻyicha bir qator musobaqalar oʻtkazib borilishi koʻzda tutilmoqda.
Xususan, oliy taʼlim muassasalari talabalari, professional taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Volleyball stars” Oʻzbekiston kubogi, vazirlik va idoralar xodimlari oʻrtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – respublika) voleybol sport turlari boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston” respublika musobaqasi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi kubogi, nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida para voleybol sport musobaqalari ham qarorga muvofiq oʻtkazilishi belgilandi.
Qayd etish kerakki, 2025-yildan har ikki yilda bir marta voleybol boʻyicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga aʼzo davlatlar oʻrtasida “Buyuk Ipak yoʻli” xalqaro turniri oʻtkazib boriladi.
Shuningdek, Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring