Voice of America: Oʻzbekiston Gʻarbni uzoqlashtirmasdan Tolibon bilan aloqa oʻrnatishga intiladi

15:10 05 May 2022 Dunyo
813 0

Foto: Illustrativ foto

Voice of Americaʼning yozishicha, Oʻzbekiston Afgʻonistondagi muvaqqat hukumatni tan olmagan holda bir qator masalalar boʻyicha Tolibonning asosiy hamkoriga aylangan. “Bu nozik pozitsiya unga Afgʻoniston aktivlarini musodara qilish va boshqa sanksiyalar orqali yakkalab qoʻymoqchi boʻlgan AQSH va boshqa Gʻarb davlatlarini oʻzidan uzoqlashtirmasdan Kobul bilan iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganishni boshlashga imkon berdi”.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston qisqa muddatda Afgʻonistonga insonparvarlik yordami yetkazib berish boʻyicha asosiy markazga aylanib, donor davlatlarning minnatdorchiligini qozongan.

Shuningdek, Toshkent Afgʻoniston orqali Pokiston dengiz portlariga oʻtadigan savdo yoʻli xavfsizligini taʼminlash istiqboli bilan iqtisodiy masalalarni hisobga olganiga ham eʼtibor qaratilmoqda.

Nashr Toshkent Yevropa Ittifoqi diplomatlarini Kobulga qaytarishga koʻndirganini taʼkidlab, AQSH ham shunday qadamlar qoʻyishiga umid qilmoqda. Shunga qaramay, Oʻzbekiston rasmiy tan olish masalalarida xalqaro hamjamiyat bilan umumiy pozitsiyaga amal qilish niyatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?