Vodiy viloyatlari boʻylab harakatlanuvchi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari chipta narxi oʻzgaradi

23:19 11 Iyul 2024 Jamiyat
355 0

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” vodiy viloyatlari boʻylab harakatlanuvchi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar chipta narxiga oʻzgartirish kiritdi.

Qayd etilishicha, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 25-iyul sanasidan Qoʻqon—Namangan—Andijon—Margʻilon—Qoʻqon yoʻnalishidagi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar chipta narxiga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda harakatlanuvchi barcha shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari yoʻlovchilari elektron toʻlov tizimi (ATTO) orqali toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?