Vodiy klublaridan navbatdagi gʻalabalar
Kecha, 28-fevral kuni Oʻzbekiston Superligasining 1-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi.
Dastlabki uchrashuvda musobaqaning amaldagi chempioni “Neftchi” klubi oʻz maydonida Muborakning “Mashʼal” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Zoran Marushich, Stive Peritsa va Boyan Siger mualliflik qildi.
Bir yillik tanaffusdan soʻng yana Oʻzbekiston Superligasiga qaytgan “Lokomotiv” klubi ham mavsumni gʻalaba bilan boshladi. “Temiryoʻlchilar” dastlabki bahsda “Surxon” ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Gʻoliblar safida Quvonch Abrayev, Lazizbek Mirzayev va Muhammadali Reimov gol urdi. “Surxon”ning yagona goli esa Stefan Chinedu hisobida qayd etildi.
Turning markaziy oʻyinida esa Timur Kapadze boshchiligidagi “Navbahor” jamoasi safarda Samarqandning “Dinamo” klubidan ustun keldi. “Lochinlar”ning gollariga Ruslanbek Jiyanov va Zabihullo Oʻrinboyev mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob goli esa Firdavs Abdurahmonov hisobida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring