Vladimir Putinning «YEIdagi doʻsti» YHTga uchradi. Bir nafar politsiyachi halok boʻlgan
Illyustrativ foto
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning korteji Germaniyaning Shtutgard shahrida yoʻl transport hodisasiga uchradi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Viktor Orbanni kuzatib borayotgan maxsus avtomobil mototsikl bilan toʻqnashib ketgan. Oqibatda bir nafar politsiyachi halok boʻldi. Voqea bosh vazirning futbol oʻyiniga tashrif buyurib, Shtutgart aeroportiga ketayotganida sodir boʻlgan.
Toʻqnashuv kuzatuvchi avtomobil chapga burilishga urinib, mototsikldagi politsiyachini urib yuborganida sodir boʻlgan. «Bir ofitser olgan jarohatlari tufayli vafot etdi, ikkinchisi esa ogʻir jarohat olgan» deyiladi xabarda.
Shtutgart politsiyasi avtomobil haydovchisi yopiq chorrahani koʻrmaganini, bu esa halokatga olib kelganini maʼlum qilgan. Shahar prokuraturasi vaziyatni oʻrganmoqda.
Yevropada hukumat rahbarlari bilan koʻngilsiz holatlar koʻp uchramoqda. Avvalroq, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Kopengagen markaziy koʻchalaridan birida nomaʼlum erkak hujumiga uchragan edi.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban turli harakatlar va bayonotlar orqali Rossiyaga yon bosishda gumonlanib kelinadi. Uning Vladimir Putin bilan yaqin munosabatda ekanligi ham maʼlum. Vengriya bosh vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarini keskin tanqid qilib, ular Vengriya iqtisodiyotiga zarar yetkazadi, deb hisoblashini tez-tez takrorlab turishi bilan mashhur.
Bundan tashqari, u energetika sohasidagi Rossiya manfaatlarini qoʻllab-quvvatlab, Moskva bilan muhim energetika bitimlariga erishgandi. Jumladan, Rossiya gazi boʻyicha yirik shartnoma va Rossiya yordami bilan Vengriya atom elektr stansiyasini kengaytirish kabilar shular qatoriga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring