Vladimir Putin Turkiyaga tashrif buyuradi

13:47 17 Aprel 2024 Dunyo
433 0

Foto: Rossiya prezidenti Matbuot xizmati

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, u rossiyalik hamkasbi bilan tez-tez telefon orqali gaplashib turadi. Erdogʻan Putinning Turkiyaga tashrifi sanasiga hali aniqlik kiritilmaganini taʼkidladi.

«Bu masalaga imkon qadar tez oydinlik kiritilishiga ishonaman», — deydi Turkiya rahbari.

Avvalroq, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdogʻan uchrashuviga tayyorgarlik koʻrilayotganini tasdiqlagan edi. Uning soʻzlariga koʻra, oliy darajadagi aloqalar «yaqin kelajakda amalga oshiriladi».

Bungacha Rossiya prezidentining shu yilning 12-fevralga moʻljallangan Turkiyaga tashrifi Rossiyada boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlari sababli qoldirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер