Vladimir Norov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogʻlu bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 2-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov «Oʻzbekiston-Ozarbayjon-Turkiya» muloqot formatining birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogʻlu bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida qayd etilganidek, zamonaviy bosqichda Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari ikki mamlakat rahbarlarining qatʼiyati va ishonchli muloqoti tufayli yuksak oʻsish surʼatini namoyon etib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda.
Oʻzaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston va Turkiyaning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi taʼkidlandi.
Dunyodagi va mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Turkiya delegatsiyasi Toshkent shahrida Afgʻoniston boʻyicha boʻlib oʻtgan konferensiya natijalarini yuqori baholadi. Afgʻoniston yoʻnalishidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish va bu mamlakatga gumanitar yordam koʻrsatishga ikki tomon ham tayyorligi eʼtirof etildi.
M.Chavushogʻlu Toshkent shahrida tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun masʼul boʻlgan vazirliklar rahbarlari ishtirokida “Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yigʻilishini oʻtkazish muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi.
Ikki va koʻp tomonlama darajada rejalashtirilgan tadbirlar, shu jumladan, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring