Vitaliy Levchenko faoliyatini Tojikiston klubida davom ettiradi

13:37 04 Fevral 2026 Sport
296 0

2025-yilgi mavsumda Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi bilan Oʻzbekiston Superligasida gʻolib boʻlgan tojikistonlik murabbiy Vitaliy Levchenko faoliyatini “Istiqlol Dushanbe” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.

“Klub rahbariyati Vitaliy Levchenko bilan yangi mavsumda ulkan gʻalabalar qoʻlga kiritilishiga ishonadi”, deyiladi klub xabarida.

Maʼlumot uchun, Levchenko avval ham “Istiqlol” jamoasiga murabbiylik qilgan boʻlib, ichki va xalqaro maydonda jamoa bilan salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgan.

Mutaxassis 2025-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan “Superliganing eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?