Viloyat hokimlari va prokurorlari don korxonalarining mavjud ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolishga “boshi bilan” javob beradi — PrezidentViloyat hokimlari va prokurorlari don korxonalarining mavjud ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolishga “boshi bilan” javob beradi — Prezident
Foto: president.uz
Prezident huzurida gʻallachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda un va un mahsulotlarining bozorda taqchilligiga yoʻl qoʻymaslik va narxlar barqarorligini taʼminlashga viloyat hokimlari shaxsan masʼul va javobgar boʻlishi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga 1-avgustga qadar 20 ta don korxonasidagi davlat ulushini savdoga chiqarish, bir oy muddatda don korxonalari qoshida tashkil etilgan non sexlari va savdo doʻkonlarini xatlovdan oʻtkazib, savdoga chiqarish topshirildi.
“Viloyat hokimlari va prokurorlari yaxshilab eshitib olsin. Oʻzgarishlarni bahona qilib, joylarda un ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirib yuborish, narx-navoni asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻyishga «sabotaj” deb, siyosiy baho beriladi.
Shu bois, viloyat hokimlari va prokurorlari don korxonalarining mavjud ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolishga “boshi bilan” javob beradi», dedi Prezident.
Bu borada viloyat hokimlari, ichki ishlar va prokuratura organlari rahbarlariga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib, yangi islohotlarning mazmun-mohiyati, qanday choralar koʻrilishi va rejalari boʻyicha tushuntirish berish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring