Viloyat faollarining murojaati qabul qilindi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq oltinchi sessiyasida qabul qilingan viloyat faollarining murojaatida aholini yagona maqsad yoʻlida birlashtirib, har bir xonadon, koʻcha va mahallani yanada obod hamda saranjom-sarishta hududga aylantirish, yangi bogʻlar yaratish, tomorqalardan oqilona foydalanish, ehtiyojmand oilalar xonadonlarini taʼmirlash uchun hasharlar uyushtirish kabi ezgu tashabbuslar ilgari surilgan.
“Viloyatimizning har bir goʻshasini bunyodkorlik va obodlik maskaniga aylantirishga barchamiz munosib hissa qoʻshaylik!” shiori bilan 724 ta mahalla, 11 ming 157 ta koʻcha, 720 ming 149 ta xonadonda “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish tavsiya qilingan. 482 ming 938 xonadondagi yer maydonlariga hosildor ekinlar ekish va ularni parvarishlash orqali qoʻshimcha daromad manbaini yaratish nazarda tutilgan.
“Navroʻz” umumxalq bayramigacha “Mahalla yettiligi” aʼzolariga biriktirilgan koʻchalarda 100 tupdan, koʻchaboshilar va uy boshilar oʻz hududida 20 tupdan, har bir mahalla bogʻida 500 tupdan, vohadagi 724 mahallada 9 million tupga yaqin, viloyat boʻyicha esa 16 millionga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchati ekiladi.
Boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz keksalar, kam taʼminlangan oilalarning xonadonlarida hasharlar uyushtiriladi, nogironligi boʻlgan shaxslar doimiy eʼtibor markazida boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring