Verjil Ortis Isroil Madrimov ustidan qozongan gʻalabasi uchun oʻziga “5” qoʻydi

Verjil Ortis Madrimov bilan boʻlgan toʻqnashuvga izoh berib, raqibining faol harakat qilganini, biroq samarali zarbalar bera olmaganini taʼkidladi. Bu haqda “DAZN Sports” nashri xabar berdi.
“U juda koʻp harakat qildi, lekin zarba berolmadi. Albatta, Madrimov mendek bosim oʻtkazmadi. Jang oʻrtacha tempda kechdi, biroq u menga kuchli zarar yetkazgan deb oʻylamayman”, — dedi Ortis.
Shuningdek, amerikalik bokschi hakamlarning baholariga ham izoh berib, oʻzining ustunligini alohida qayd etdi. “Baʼzi hakamlarning kartalarida jang juda yaqin boʻlgandek koʻrsatildi, lekin men uchun unday emas. Men oʻz rejam boʻyicha harakat qildim, Madrimov menga kuchli zarba bera olmadi. Oʻzimga ushbu jang uchun eng yuqori baho (5) qoʻyaman”, — deya taʼkidladi Ortis.
Qayd etish kerakki, 23-fevral kuni amerikalik bokschi Verjil Ortis (23−0, 21 KO) oʻzbekistonlik Isroil Madrimov (10−1−2, 7 KO) ustidan hakamlarning bir ovozdan qabul qilingan qaroriga koʻra (117−111, 115−113, 115−113) gʻalaba qozongandi.
Garchi natija Verjil Ortis foydasiga hal boʻlgan boʻlsa-da, Isroil Madrimov ham kuchli qarshilik koʻrsatgandi. Oʻzbekistonlik bokschi jang davomida aniq zarbalar yoʻllashga harakat qilgan boʻlsa-da, raqibining doimiy bosimi uning taktikasiga taʼsir koʻrsatdi. Madrimov oʻzining tezkorligi va texnik mahoratini namoyish etdi, biroq yakunda hakamlar qaroriga koʻra magʻlubiyatga uchragandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring