Vengriya oʻzbekistonlik futbolchilarni xorijga transfer qilishda yordam berishi mumkin
Oʻzbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning sport olamida mashhur Sportfive Hungary kompaniyasi bosh direktori Andrash Igaz bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Oʻzbekistonda futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Andrash Igaz Oʻzbekiston tomoni bilan futbol infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Sportfive Hungary kompaniyasi butun dunyo boʻylab stadionlarni loyihalash, qurish va sport inshootlarini operativ boshqaruvini amalga oshiradi, savdo va marketing bilan shugʻullanadi. Shuningdek, mazkur kompaniya Vengriyada ikkita stadionni boshqaradi va “Ferensvarosh” futbol klubiga homiylik qiladi.
Muloqot davomida Budapeshtda Oʻzbekiston va Vengriya futbol klublari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvini tashkil qilish, futbolchilarni xorijga transfer qilish va stadionlarni operativ boshqarish yoʻnalishlarida aloqalarni yoʻlga qoʻshish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring