Venesuelaga hujum Tramp buyrugʻi bilan amalga oshirilgan – OAV
Venesuelaga qarshi zarbalar AQSH prezidenti Donald Trampning buyrugʻi bilan amalga oshirilgan. Bu haqda bir qancha yirik nashrlar xabar bermoqda.
AQSHning CBS va Fox News telekanallari rasmiylarga tayangan holda zarbalar Donald Trampning buyrugʻi bilan amalga oshirilganligi haqida xabar berishdi. Pentagon hozircha vaziyatni rasman izohlamagan. Portlashlar haqida xabarlar nafaqat Karakasda, balki mamlakatning qirgʻoq mintaqasi hisoblangan La Guayra shahrida ham sodir boʻlgan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSHni ogʻir harbiy hujumda ayblab, favqulodda holat eʼlon qildi va aholini safarbar qilishga chaqirdi.
“Karakasga hujum qilindi. Dunyoga xabar bering: Venesuela raketalar bilan bombardimon qilinmoqda”, — deb yozgan Kolumbiya rahbari Gustavo Petro X ijtimoiy tarmogʻida. Shuningdek, u BMT majlisini zudlik bilan chaqirishga chaqirdi.
AQSH federal aviatsiya maʼmuriyati Amerika samolyotlarining Venesuela havo hududiga kirishini taqiqladi.
Vashington kuz oylaridan boshlab Karakasni giyohvand moddalar kontrabandasini targʻib qilishda ayblab bir qancha kartellarga hujum qilib keladi. Ushbu toʻqnashuvlarda bir qancha insonlar ham halok boʻlgan.
Venesuela hukumati sodir boʻlayotgan voqealarni bosim va rejim oʻzgarishiga urinish, shuningdek, mamlakatning neft resurslarini nazorat qilish uchun kurash deb biladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring