Venesuela muxolifati Maduro hibsga olinganidan soʻng hokimiyatni qoʻlga olishga tayyorligini bildirdi

10:53 04 Yanvar 2026 Dunyo
250 0

Nikolas Maduro rejimiga qarshi amalga oshirilgan AQSH operatsiyasidan soʻng Venesuela muxolifati oʻzining ilk rasmiy bayonotini eʼlon qildi. Bayonot muxolifat yetakchisi, tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Mariya Korina Machado nomidan berilgan.

Bayonotda taʼkidlanishicha, Nikolos Maduro Venesuela xalqiga hamda boshqa davlatlar fuqarolariga qarshi sodir etgan shafqatsiz jinoyatlari uchun javob berishi shart.

Muxolifat Maduro inqirozga muzokaralar yoʻli bilan yechim topishdan bosh tortganini, bu esa vaziyatning zoʻravonlik ssenariysiga olib kelganini qayd etgan.

“Muzokaralar orqali chiqish yoʻlini qabul qilishdan bosh tortilganiga qaramay, Qoʻshma Shtatlar hukumati qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha bergan vaʼdasini bajardi”, — deyiladi muxolifat bayonotida.

Mariya Korina Machado va uning tarafdorlari mamlakat uchun javobgarlikni zudlik bilan oʻz zimmalariga olishga tayyor ekanligini bildirgan.

“Mamlakatimizda xalq hokimiyati va milliy suverenitetni tiklash vaqti keldi. Biz tartib oʻrnatamiz, siyosiy mahbuslarni ozod qilamiz, kuchli davlat quramiz va farzandlarimizni uyga qaytaramiz”, — deydi Mariya Korina Machado.

Shuningdek u, xorijda yashayotgan venesuelaliklarga alohida murojaat yoʻllangan.

“Sizlarning safarbarligingiz talab etiladi. Biz dunyo hukumatlari va jamoatchiligini ragʻbatlantirish, shuningdek, yangi Venesuelani barpo etish boʻyicha keng koʻlamli saʼy-harakatlarga jalb etishni maqsad qilganmiz”, — deya qoʻshimcha qilgan Machado.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер