Velosportchilarimiz Osiyo chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini qayd etishdi
Shu yilning 24 — 29-mart kunlari Tojikiston poytaxtida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha qitʼa birinchiligi oʻz yakuniga yetdi. Unda qatnashgan jamoamiz oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani koʻrsatdi.
Musobaqaning ilk kunidayoq ayollar oʻrtasidagi jamoaviy poyga dasturida oltin medalni qoʻlga kiritgan delegatsiyamiz turnir davomida jami 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻardi.
Qayd etish joiz, jamoamiz Osiyo chempionatlari tarixida bu kabi muvaffaqiyatli ishtirok etmagan edi. Bunday natija, shubhasiz, davlatimizning barcha sport turlari qatori velosport rivojiga koʻrsatayotgan ulkan eʼtibori orqali qoʻlga kiritilmoqda.
Ayniqsa, tashkil etilgan professional klublar va ularning xorijiy mamlakatlarda yigʻin oʻtkazgani ushbu qitʼa chempionatida sportchilarimizning yuqori natija qayd etishi yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi.
Quyida Osiyo chempionati qahramonlari va ular shohsupaga koʻtarilgan yoʻnalishlarni eslab oʻtamiz:
Oltin medal:
1. Ayollar oʻrtasida jamoaviy poyga (Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Shahnoza Abdullayeva, Anna Kulikova);
2. Anna Kuskova, U-20 toifasidagi individual poyga;
3. Yanina Kuskova, U-23 toifasidagi individual poyga;
4. Sofiya Karimova, U-20 toifasida guruh poygasi;
5. Samandar Sultonov, U-20 toifasida guruh poygasi.
Kumush medal:
1. Aleksey Fomovskiy, U-23 toifasida individual poyga.
Bronza medal:
1. Murodjon Xolmurodov, kattalar oʻrtasida individual poyga;
2. Yanina Kuskova, U-23 toifasida guruh poygasi.
Bu yilgi Osiyo chempionatida qitʼamizning 23 ta davlati ishtirok etdi. Terma jamoamiz ushbu natija bilan umumjamoa hisobida Qozogʻistondan soʻng ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Endi velosportchilarimiz iyun oyida Hindistonda oʻtadigan trek boʻyicha Osiyo chempionatiga hozirlik koʻradi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, terma jamoamiz sportchi va murabbiylarini Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan muborakbod etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring