Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini gʻalaba bilan boshladi

17:22 25 Mart 2022 Sport
890 0

Xabar berganimizdek, bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar hamda yoshlar (U-23 va U-20 toifasi) oʻrtasida Osiyo chempionati bahslari boshlandi.

Hozirgina ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Elit toifasidagi jamoaviy poygalar oʻz yakuniga yetdi. Unda ayollarimiz 42 km masofani 0:32:14.911 natija bilan bilan bosib oʻtishdi va bu Osiyo chempionati ishtirokchilari orasida eng yaxshi koʻrsatkich sifatida tarixga kirdi. Shu tariqa ayollarimiz qitʼa birinchiligining oltin medaliga sazovor boʻlishdi.

2-oʻrin Qozogʻiston terma jamoasiga nasib etgan boʻlsa, kuchli uchlikka eronlik ayollar yakun yasab berishdi.

Veloshosse boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?